«Mehr va oqibat» hayvonlarni muhofaza qilish jamiyatining Navoiydagi hayvonot bog‘ida («Feruz Umid» MCHJga tegishli) qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligidan yuzasidan qilgan murojaati ko‘rib chiqildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 22 noyabr hayvonot bog‘ida o‘rganish o‘tkazilib, qush va hayvonlarni saqlash sharoitlarida kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan.
Murojaatni ko‘rib chiqish davomida, yovvoyi hayvonlar (bir bosh bo‘ri, jayra, qirg‘ovul, qora tasqara, burgut, ukki, kal jurchi, qamish mushuklar) mazkur maskanda ruxsatnomasiz saqlanib, O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni talablari buzilganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan MCHJ rahbariga MJtKning 90-moddasi (hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atildi hamda to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun shahar ma’muriy sudiga yuborildi.
Shuningdek, ruxsatnomasiz saqlanayotgan hayvonlar «Toshkent hayvonot bog‘i» MCHJ mutaxassislari ishtirokida vaqtincha saqlash uchun poytaxdagi hayvonot bog‘iga yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda