Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash, xususan, yurtimizga tovarlarni noqonuniy olib kirishga urinish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro M.A.ning dala hovlisi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.Natijada ushbu dala hovlida yurtimizga qo‘shni mamlakatdan noqonuniy olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 550 million so‘mlik 350 dona televizorlar hamda 92 metr tikuvchilikda foydalaniladigan matolar borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”