
Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ana shunday tezkor tadbirlardan yana biri davomida fuqarolar A.A hamda U.A boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu” rusumli transport vositalari belgilangan tartibda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada, mazkur transport vositalarining yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 300 million so‘mlik 12 ming quti saqichlar hamda 69 300 dona yondirgich tovarlari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar