2 684
Rossiyaga ishlashga ketmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga patent olish jarayoni osonlashtiriladi
Foto: EPA
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Pasport-viza xizmati hamda Moskva shahrining Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi.
«Dunyo» AAning xabar berishicha, hujjatlar 24 dekabr kuni bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi delegatsiyaning Moskvaga tashrifi doirasida imzolangan.
«Ushbu hujjatlarni imzolashdan maqsad Rossiya hududida mehnat qilish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda chiqish jarayonlarini soddalashtirishdan iborat», — deyiladi xabarda.
Kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistonda migratsiya markazlari ofislari ochiladi. Bu esa fuqarolarining Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsat olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda vaqt va xarajatlar qisqaradi.
Sentabr oyida Shavkat Mirziyoyev «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagandi. Unda 2021 yil 1 yanvarga qadar Rossiya IIVning pasport-viza xizmati vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish hamda ushbu vakolatxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnomani (patentni) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlarini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. Yekaterinburg, Novosibirsk, Samara, Ufa, Chimkent va Istanbul shaharlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalarini ochish rejalashtirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?