Beshariq tumanining Chinobod qishlog‘i ahli qovunni qish-bahor mavsumi uchun saqlash va ulkan daromad olish borasida katta hayotiy tajribaga ega. Chinobodning deyarli barcha xonadonlarida «qovunxona» deya ataluvchi qo‘lbola usulda qurilgan mo‘’jazgina imoratlar bor. Tabiiy muzlatgichli omborxonalarda o‘rik gullagan bahor faslida ham sarxil poliz mahsulotlari saqlanadi.
Bobosi va otasidan meros kasbni hamqishloqlariga o‘rgatib keladigan Faxriddin Nasriddinovning qayd etishicha, qovunxona devorlari oddiy xom g‘ishtdan tiklanadi. To‘rt tomonga eshiklar qurilib, devorlar va tomga ichkarida havo bir me’yorda aylanishini ta’minlovchi tuynuklar qo‘yiladi. Qovunlar ostiga mayin qum to‘shalishi bois u namlikdan saqlaydi.
— Bu yil 2 gektar yerga «Gulobi», «Qirqma», «Bedana to‘n», «Kampir chopon», «Tulki burun» singari qishda ham sifatini yo‘qotmaydigan qovun navlarini ekkanmiz, — deydi u. — Shaxsan o‘zim qamish belbog‘ bilan bog‘lab, qovunxonamda 5 mingdan ortiq qovun saqladim.
Faxriddin Nasriddinovlar oilasi o‘tgan yili qovundan 50 million so‘m daromad olgan. Bu yil daromad salmog‘i yanada yaxshi bo‘lishi kutilmoqda.
B. Madiyorov
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi