
Chortoqlik ota 1 nafar farzandining 18 yoshga qadar bo‘lgan davr uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment puli o‘rniga 2 xonali xonadon sovg‘a qildi.
Byuroning Chortoq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining xal qiluv qaroriga ko‘ra qarzdor G‘.Boyhanovdan undiruvchi S.A’loxanova foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor bilan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri davomida “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlarni oldindan to‘lash imkoniyati borligi tushuntirib o‘tildi.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari, shuningdek tushuntirishlar samara berdi. Tomonlarning o‘zaro kelishuvga asosan farzandining 18 yoshga to‘lgunga qadar 60.000.000 so‘m aliment to‘lovi uchun 2 xonali 53.92 kv.m uy-joyni turmush o‘rtog‘iga notarial tartibda rasmiylashtirib berdi.
Ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunining 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing