Chortoqlik ota 1 nafar farzandining 18 yoshga qadar bo‘lgan davr uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment puli o‘rniga 2 xonali xonadon sovg‘a qildi.
Byuroning Chortoq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining xal qiluv qaroriga ko‘ra qarzdor G‘.Boyhanovdan undiruvchi S.A’loxanova foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor bilan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri davomida “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlarni oldindan to‘lash imkoniyati borligi tushuntirib o‘tildi.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari, shuningdek tushuntirishlar samara berdi. Tomonlarning o‘zaro kelishuvga asosan farzandining 18 yoshga to‘lgunga qadar 60.000.000 so‘m aliment to‘lovi uchun 2 xonali 53.92 kv.m uy-joyni turmush o‘rtog‘iga notarial tartibda rasmiylashtirib berdi.
Ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunining 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ota 78,9 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi

MIB: Chortoqlik ota o‘z farzandi uchun aliment mablag‘ni bir yo‘la to‘lab berdi

Ota 110 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi

Mas’uliyatni anglagan ota 91 mln. so‘m alimentni oldindan to‘lab berdi

Sardobalik ota 25 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi

Chortoqlik ota o‘z farzandi uchun alimentni 18 yoshiga qadar to‘lab berdi