
Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz»
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 dekabr kuni «Yoshlar forumi»da bir nechta hokim bilan suhbatlashdi va viloyatlarda qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlarni tingladi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov «Yoshlar forumi»da davlat rahbariga murojaat qilayotib, 10 daqiqa va 21 sekund davomida 81 marta «muhtaram prezident» dedi. Ushbu so‘zlarni «Gazeta.uz» muxbiri hisoblab chiqqan. U o‘rtacha har 7,6 sekundda bir marta shunday murojaat qildi.
Solishtirish uchun, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov xuddi shu tadbirda 12 daqiqa va 35 sekund davom etgan nutqi davomida ushbu so‘zlarni 22 marta talaffuz qilgan. Ya’ni har 34,3 sekundda bir marta «muhtaram prezident» deya murojaat qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar