09:43 / 27.12.2020
1 717

O‘zbekistonda 488 nafar ko‘ngilli koronavirusga qarshi emlandi

O‘zbekistonda 488 nafar ko‘ngilli koronavirusga qarshi emlandi
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
O‘zbekistonda 488 nafar ko‘ngilli fuqaro Xitoy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan vaksina bilan emlandi, deya xabar qilmoqda Innovatsion rivojlanish vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, yangi koronavirus rekombinant vaksinasining (CHO hujayrasi) 18 yoshdan yuqori bo‘lgan insonlardagi xavfsizligi va COVID-19’dan himoya qilish samaradorligini aniqlash uchun o‘tkazilayotgan tasodifiy, ikki-tomonlama noma’lum, platsebo nazoratli 3-faza klinik sinovi davom etmoqda.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 26 dekabr holatiga Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda 488 nafar ko‘ngilli emlandi. Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan mazkur ZF2001 rekombinant vaksinasining sinovlari ikki-tomonlama noma’lum, platsebo nazorat usulda olib borilmoqda.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
Ushbu tadqiqot butun dunyo bo‘yicha bir necha markazlarda, 18 yoshdan oshgan jami 29 000 ko‘ngilli ishtirokchilarni qamrab oladi. Xitoydagi ko‘ngillilarda vaksinaning xavfsizligi va immunogenligi tekshiriladi. Xitoydan tashqaridagi davlatlarda esa vaksinaning xavfsizligi, himoyaviy samaradorligi va immunogenligi o‘rganiladi.

Bugungi kunga kelib, ushbu vaksinaning 1 va 2-faza klinik tadqiqotlari o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu vaksina kandidatining xavfsiz ekanligini ko‘rsatdi. Shu sababdan ham vaksinaning xavfsizligi va COVID-19 infeksiyasini oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida, hamda vaksinaning ishlab chiqarilishiga ruxsat etilishi va tez orada keng miqyosda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida 3-faza klinik tadqiqotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
Vaksina sinovlaridan ishtirok etishni istaganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Xitoy vaksinasi masalasida aholini xotirjamlikka chaqirib, sinovda oila a’zolari ham qatnashayotgani, Toshkentda davom etayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar sinovida hozircha nojo‘ya ta’sir aniqlanmaganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, vazirlik vaksinaning ushbu sinovi 14 oy davom etishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 488 nafar ko‘ngilli koronavirusga qarshi emlandi