Foto: twitter.com/k_allamjonov
Mass-media fondi rahbarlari – Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva 8 yildan buyon Respublika urush va mehnat faxriylari pansionatida istiqomat qilayotgan O‘zbekistonning faxriy jurnalisti Rustam Obidov holidan xabar olishdi.
Rustam Obidov. Foto: twitter.com/k_allamjonov
«Rustam Obidov allaqachon pensiyaga chiqqaniga qaramay, tarjimalar qilib, astoydil ishlashda davom etmoqda.
Afsuski, bu yil pandemiya tufayli bu halol, mehnatsevar va juda kamtar inson qiyin moliyaviy vaziyatga tushib qoldi. Shu sababli, ham pansionatda yashash xarajatlarining barchasini to‘lay olmagan.
Mass-media fondi va shaxsan men Rustam Obidovga uning muammolarini hal qilishda yordam berishni o‘z burchimiz deb hisoblaymiz. Faxriy jurnalistlar O‘zbekiston tarixidir. Ularning mehnati va fidokorona faoliyati tufayli biz mamlakatimiz bosib o‘tgan yo‘l haqida bilamiz. Va bizning bu ko‘magimiz ularga va ularning mehnatlariga bildirilgan minnatdorchiligimizning kichik bir qismidir», deb yozdi Komil Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq faxriy jurnalist Rustam Obidov qiyin ahvolda qolgani va u yashash xarajatlari uchun pansionatga 18 million so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirishi kerakligi haqida xabarlar tarqalgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi