15:15 / 29.12.2020
3 826

Toshkentdagi YPX xodimlari yangi formada xizmat olib bormoqda

Toshkentdagi YPX xodimlari yangi formada xizmat olib bormoqda
29 dekabrdan Toshkentda YPX xodimlari sinov tariqasida yangi namunadagi zamonaviy, texnologik matodan tayyorlangan xizmat kiyimida faoliyat olib boradi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Xizmat kiyimi yilning sovuq mavsumiga mo‘ljallangan bo‘lib, yog‘ingarchilikdan himoya qiluvchi materialdan tikilgan. Yorqin rang va yorug‘lik qaytaruvchi elementlari inspektorlarni kunning istalgan vaqtida ko‘zga yaxshi tashlanishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, YPX xodimlari fonar va hushtakka ega yangi jezllar bilan ta’minlangan. Sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, yangi xizmat kiyimi bilan O‘zbekistondagi barcha YPX xodimlari ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 23 avgustdagi qarori bilan ichki ishlar xodimlarining yangi formasi joriy etilishi belgilab qo‘yilgan. 2019 yilning martida ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari xodimlarining yangi namunadagi xizmat liboslarida ishlayotgani aks etgan suratlar tarqalgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi YPX xodimlari yangi formada xizmat olib bormoqda