Bir vaqtning o‘zida ham xafa bo‘lib, ham xursand bo‘lib xayrlashish mumkinmi? Na ilojki, mumkin ekan...
...Biz seni tarix sahnasi atigi bir bor namoyish etadigan va boshqa hech qachon takrorlanmaydigan, ikki yondan qaralganda ham, bir- biriga egizakdek o‘xshash go‘zalliging, kelbatingga maftun bo‘lib, shodon kutib olgandek.
Ortdagi yo‘llarda bani bashar hech ko‘rmagan va oldda ham ko‘rmaydigan Sendek Yagona bilan diydorlashish bizga nasib etganidan o‘zimizni baxtiyor deb bilgan edik. Va sendan g‘oyibona mujdalar kutgandik...
Ne ajabki, qo‘lga ilinmas, ko‘zga ko‘rinmas bir zarra, bir tojdor oydek suluv chehrangga soya soldi va u, dunyoyu dun bor ekan, Seni ana shu dog‘ ila eslatib , ko‘ngillarga xavotir solib turadi. Ammo buning uchun Sendan aslo xafa emasmiz.Taqdiring - Yaratganning irodasi!
Xafamizki, aprelingda lolazorni sayr qilolmadik, mayda «Salom, tog‘lar!” deya xayqirolmadik. Bahor «Nega meni kutib olmadingiz, «Kel, ko‘klamim» deya peshvoz chiqmadingiz , nega lolaqizqaldog‘u chuchmomalarimni suyib, erkalamadingiz...? ” deya sanoqsiz savollari bilan deraza ortidan hayronu lol o‘tib ketdi. Afsuski, biz bilgan, bilmagan, tuproq ustida yayrab-yashnab yurgan ne bir kishilar ham so‘nggi taajjub nigohlari ila bahornida, yozni-da, kuzu qishni abadiy tark etdi... Shundan xafamiz.
Va yana ko‘p narsani bilaman, har narsaga qodirman degan Insonning aslida bu yorug‘ olamda juda ojiz ekanligidan, bir zarra qudrati oldida, u yaratgan jadalligi ovozdan tez sayyoralararo uchgichlariyu, olamshumul kashfiyotlari hech narsa emasligidan ko‘nglimiz cho‘kdi.
Xijolat bo‘lmagin sira, nafsilamrini aytganda, Sendan minnatdormiz ham.
Illo, sening ana shu noqulay tashrifing tufayli, ko‘p narsalardan ogoh bo‘ldik, saboq oldik, tajriba orttirdik va yaxshi natijalarga erishdik. Zero,sinovlar zamirida ertangi kunning xushnud mujdalari borligini ko‘rdik, Senda!
Biz Sendan xursandmizki, yurtimizni asrading, avaylading, ko‘p ozor yetkazmading!
«Uyda qoling!”, «Uyda qoling!” deya iltijoyu iltimos qilgan bo‘lsang-da, tashqaridagi ishlarimizga barakot berding, barcha niyatlarimizga yetdik, dasturxonimizni farovon , hosil xirmonlarimizni baland qilding!
Garchi, «Uyda qoling!”, «O‘zingizni, yaqinlaringizni ehtiyot qiling» deya ogohlik qo‘ng‘irog‘ini chalgan bo‘lsang-da, yaratuvchilik simfoniyasi bir zum ham to‘xtamadi.Hayotbaxsh ohanglari jonajon O‘zbekistonimizning barcha manzillarida baralla yangrab turdi!
Seni xushhollik bilan, minnatdorona kuzatayotganimizga yana bir va eng oliy sababi shuki, Sen xalqimizning naqadar mehr- oqibatli, hamjihat ekanligini butun dunyoga nafaqat ko‘rsatding, balki, yana bir bor namuna ham qilding!
Sendan aslo xafa emasmiz!
Hammasi uchun rahmat deymiz Senga, sinovlar orqali yo‘llagan saboqlaring uchun!
Va baxtiyorlikning eng oliy mezoni sog‘liq, bir- birimizga bo‘lgan mehr- muhabbat ekanligini eslatganing uchun!
Shubhasiz, yuz, ming, million yildan keyinmi, qachonki, Sen yodga olinar ekansan, bu darslaring insoniyatga mangu eslatma bo‘lib qoladi.
Xayr, IKKI MING YIGIRMANCHI YIL!
Sen ham xafa bo‘lmay ketginki,yozig‘ingda bor ekan, sening sahifalaringga o‘zing ham istamagan bitiklar bitildi...
Xayr...alvido!
Ahmadali SHERNAZAROV
Manba: Xs.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi