Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori bilan tasdiqlangan Respublikada karantindagi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarning ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Norma’ning yozishicha, «O‘simliklar karantini to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq hujjat O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxati deb qayta nomlandi.
Ro‘yxatga quyidagi guruhlar kiritildi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida uchramaydigan o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlar:
a) zararkunandalar – 88 nomdagi;
b) o‘simlik kasalliklari:
- zamburug‘ kasalliklari – 16 turdagi;
- nematodalar – 5 turdagi;
- bakterial kasalliklar – 11 turdagi;
- virus kasalliklari – 24 turdagi;
v) begona o‘tlar – 36 nomdagi.
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tarqalgan o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlar:
a) zararkunandalar – 7 turdagi;
b) begona o‘tlar – 3 turdagi.
O‘simliklar karantini – qishloq xo‘jaligiga va boshqa o‘simliklar dunyosiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini ob’ektlari kirib kelishining, tarqalishining oldini olishga hamda bunday ob’ektlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Hujjat 22.12.2020 yildan kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi