Yo‘l qoidasini buzgan haydovchi jarimani to‘lamagani uchun “Lacetti” avtoulovi saqlash maydonchasiga keltirildi

MIB Buxoro shahar bo‘limiga YHXBdan shaharning A.Somiy ko‘chasida yashovchi fuqaro F.X.ga nisbatan 223 000 ming so‘m bo‘lgan ma’muriy jarimani majburiy tartibda undirish bo‘yicha qaror kelib tushgan. F.X. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtoulovda yo‘l harakati qoidasini buzganligi onlayn foto-radar orqali tasvirga olinganligi aniqlangan.
Unga davlat ijrochisi tomonidan 223 000 ming so‘m ma’muriy jarimani to‘liq to‘lab berishi uchun 15 kun ixtiyoriy muddat belgilangan. Biroq, qarzdor belgilangan muddatda jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlagan.
Oqibatda foto-radarlarga tushgan F.X.ga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashinasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. YHXB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Lacetti” avtomashina topilib, saqlash maydonchasiga keltirildi.
Qilmishining oqibatini tushunib yetgan qarzdor F.X. 223 000 ming so‘m ma’muriy jarimani to‘lashi bilan birga, ijro hujjati talabini bajarishdan bo‘yin tovlagani uchun tayinlangan 669.000 ming so‘m jarima pullarini to‘lab berdi.
Shu o‘rinda, qoidabuzar haydovchi jarimani o‘z vaqtida to‘laganida boshqa jarimani to‘lashiga zamin yaratmagan bo‘lardi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Unga davlat ijrochisi tomonidan 223 000 ming so‘m ma’muriy jarimani to‘liq to‘lab berishi uchun 15 kun ixtiyoriy muddat belgilangan. Biroq, qarzdor belgilangan muddatda jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlagan.
Oqibatda foto-radarlarga tushgan F.X.ga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashinasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. YHXB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Lacetti” avtomashina topilib, saqlash maydonchasiga keltirildi.
Qilmishining oqibatini tushunib yetgan qarzdor F.X. 223 000 ming so‘m ma’muriy jarimani to‘lashi bilan birga, ijro hujjati talabini bajarishdan bo‘yin tovlagani uchun tayinlangan 669.000 ming so‘m jarima pullarini to‘lab berdi.
Shu o‘rinda, qoidabuzar haydovchi jarimani o‘z vaqtida to‘laganida boshqa jarimani to‘lashiga zamin yaratmagan bo‘lardi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…