3 496
O‘zbekistonlik va rossiyalik olimlar koronavirusni yo‘q qiladigan yangi usulni aniqlashdi
O‘zbekiston va Rossiya olimlari radiatsiyaning kuchsiz miqdori koronavirusni yo‘q qilishini aniqlashdi. Bu haqda Ural federal universiteti (UrFU) matbuot xizmatiga asoslanib "Sputnik" manbasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, radiatsiyaning COVID-19 ga ta’sirini UrFU va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari o‘rganmoqda. Qo‘shma tadqiqotlar davomida yumshoq rentgen va ultra binafshaning koronavirusga o‘zgacha ta’siri aniqlangan.
Virusning RNK molekulasi inson hujayrasiga tushganda, ko‘p joylarda butun uzunligi bo‘ylab uning shakli o‘zgaradi. Olimlar RNK molekulasining bu o‘zgargan joylari sog‘lom hujayralar molekulalariga qaraganda radiatsiyaga ming marotaba sezgirroq ekanini aniqlagan.
Shuning uchun virusni o‘ldiradigan doza sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmaydi.
O‘z navbatida, ular radiatsiya virusning har qanday mutatsiyasini inson organizmiga hech qanday zarar yetkazmagan holda yo‘q qilishini aniqlashgan. Radiatsiyadan nafaqat insonni davolash va kasalliklarning oldini olishda, balki buyum, mahsulotlar va xonalarni dezinfeksiya qilishda foydalanish ham taklif qilinmoqda.
Hozirda mutaxassislar jamoasi bu kashfiyot asosida davolash qo‘llanmasi ustida ish olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi