15:00 / 13.01.2021
2 499

Toshkentda «Malibu» YTH sodir etib ag‘darildi

Toshkentda «Malibu» YTH sodir etib ag‘darildi
Bugun, 13 yanvar kuni soat 10:00larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan B.M. «Malibu» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu ko‘chada joylashgan «Mebel House» ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi «Lasetti» va haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan A.Yu. boshqaruvidagi yana bir «Lasetti» rusumli transport vositalariga urilib, «Malibu» ag‘darilgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Malibu» YTH sodir etib ag‘darildi