14:00 / 14.01.2021
3 815

O‘zbekiston qiruvchi samolyotlari (video)

O‘zbekiston qiruvchi samolyotlari (video)
Kadr: YouTube
YouTube’dagi Alter Ego loyihasi O‘zbekiston Harbiy havo kuchlarining asosiy aerodromi bo‘lgan Xonobod bazasidan lavha tayyorladi. Unda Qarshi tumanida joylashgan ushbu harbiy bazaning maqsadi, O‘zbekiston qurollanishidan o‘rin olgan «Mig-29», «Su-25» qiruvchi samolyoti hamda qanday qilib harbiy uchuvchi bo‘lish to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

Xonobod aerodromi 1954 yilda qurilgan bo‘lib, 1980 yillarda u yerda SSSR tomonidan Afg‘onistonda olib borilgan harbiy harakatlarda ishtirok etgan qiruvchi samolyotlar polki joylashgan. 2001—2005 yillar oralig‘ida Xonobodga Amerika qo‘shinlari kontingenti kiritilgan edi. Hozirda Xonobod aerodromi to‘liq O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlariga tegishli.

Bazadagi barcha samolyotlar O‘zbekiston mudofaasi uchun mo‘ljallangan.

Lavha davomida uchuvchi-instruktorlar va kursantlar bilan suhbat o‘tkazilib, harbiy uchuvchi bo‘lish uchun qanday sinovlarni yengib o‘tish lozimligi, bolalikdan nimalarga e’tibor berish kerakligi va uning mashaqqatlari haqida ma’lumot berilgan.

Shuningdek, kursant-uchuvchilarni tayyorlashda foydalaniladigan «Albatros» samolyoti («L-39») namoyish etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston qiruvchi samolyotlari (video)