
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Ijtimoiy tarmoqlarda 14 yanvar kuni yarim tunda Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Qayroqqum suv omborining yorilishi natijasida suv toshqini sodir bo‘lganligi to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqaldi. FVV ham bu xabarlar asossiz ekanligini tasdiqladi.
Biroq yaqinda toshindan jiddiy zarar ko‘rgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin tumanlari aholisi orasida tezda vahima tarqaldi. Ayrimlar o‘z yashash hududini tark etishga oshiqqani holatlari ham kuzatildi.
Bundan xabar topgan viloyat hokimi ushbu tumanlarga yetib bordi. G‘ofurjon Mirzayev bu kabi xabar tarqalishiga xech qanday asoslar mavjud emasligini bildirgan. Aholini yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslikka va sarosimaga tushmaslikka chaqirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar