“O‘zbekiston Respublkasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2021–2023 yillarda Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiyaga ko‘ra, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
➖ kinologiya xizmatini sifatli tashkil etish maqsadida xodimlarni rag‘batlantirish va kinologlarga 1, 2, 3-darajali kinolog ko‘krak nishonlarini joriy etish;
➖ bojxona xizmati organlari hisobidagi zotdor itlarning kelib chiqishi bo‘yicha tahlil ishlarini olib borish uchun “Kinologiya xizmati” avtomatlashtirilgan axborot tizimida alohida dastur yaratish;
➖ fuqarolar va it boquvchilarga tavsiyalar berish hamda ularga xizmat ko‘rsatish maqsadida onlayn rejimida ishlovchi “Veterinariya xizmati” interaktiv xizmatini yo‘lga qo‘yish.
Markaz tomonidan veterinariya va davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmatlarni ko‘rsatish Markaz hududida alohida tashkil etiladigan veterinariya klinikasi orqali amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?