23:06 / 18.01.2021
910

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ foydasiga 4 mlrd. so‘mga yaqin qarzdorlik undirib berildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ foydasiga 4 mlrd. so‘mga yaqin qarzdorlik undirib berildi
Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida Toshkent shahar Iqtisodiy sudining sudining 12.10.2020 yildagi № 4-1001-2019/1136-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “O‘zyo‘lbutlash” korxonadan undiruvchi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ foydasiga jami 3.989.450.774 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga 06.01.2020 yil kuni kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi M.To‘laganov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida, Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan. Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “O‘zyo‘lbutlash” kkorxonasidan ijro varaqada ko‘rastilgan jami 3.989.450.774 so‘m qarz pullari undiruvchi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ foydasiga to‘liq undirilib, joriy yilning 11 yanvar kuni Qonunining 41-moddasiga asosan amalda tamomlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)