
Sifati kafolatlanmagan parfyumeriya vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
O‘tkazilgan tadbir davomida xorijiy davlat fuqarolari B.O. va M.V. tomonidan ijaraga olingan uylar o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv davomida mazkur xonadonlarda umumiy qiymati 415,5 million so‘mlik 4155 dona “California” brendi ostidagi sifati kafolatlanmagan parfyumeriya vositalari saqlanayotganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar