14:43 / 21.01.2021
1 543

Toshkentda 415 mln so‘mlik parfyumeriya vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkentda 415 mln so‘mlik parfyumeriya vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Toshkentda bojxonachilar 415 million so‘mlik parfyumeriya vositalarining noqonuniy aylanmasini fosh etdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazgan.

Tadbir davomida xorijiy davlat fuqarolari B.O. va M.V. tomonidan ijaraga olingan uylar o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida mazkur xonadonlarda umumiy qiymati 415,5 million so‘mlik 4155 dona California brendi ostidagi sifati kafolatlanmagan parfyumeriya vositalari saqlanayotganligi aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 415 mln so‘mlik parfyumeriya vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi