Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Ashxobod parki yaqinida to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida videolavha tarqaldi. Toshkent shahar IIBB hodisa bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 21 yanvar kuni taxminan soat 15.40 da Kichik xalqa avtomobil yo‘lida 35 yoshli Diyor T. boshqaruvidagi «Matiz», 46 yoshli Akbarjon A. boshqaruvidagi «Spark», 42 yoshli Dildora I. boshqaruvidagi «Toyota» hamda 47 yoshli Stanislav S. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobillar to‘qnashuvi ro‘y bergan.
YTH natijasida «Matiz» avtomobili haydovchisi va yo‘lovchisi 44 yoshli Baxodir M., «Toyota» haydovchisi hamda «Nexia» avtomobili yo‘lovchilari (36 yoshli Alfiya S. va 7 yoshli R.S.) badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Ayni vaqtdagi ma’lumotlarga ko‘ra, «Matiz» avtomobili yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda qarama qarshi harakat yo‘nalishiga chiqqan. Tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi