Bo‘stonliq tog‘li hududlaridagi dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘lning ma’lum qismida avtotransport vositalari uchun harakat vaqtincha bir tomonlama tashkil etildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, respublikamizning tog‘li hududlarida ham qor yog‘ganligi munosabati bilan ko‘plab fuqarolar ayni dam olish kunlarida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘li hududlarida joylashgan dam olish maskanlariga uzluksiz ravishda tashrif buyurishmoqda.
«Tumandagi avtomobil yo‘llarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini inobatga olib, turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida «4R-12» «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil yo‘lining 61-kilometridan «4R-6» «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo‘lining 57-kilometriga o‘tish qismidan, ya’ni, Bo‘stonliq tumanining G‘azalkent shahridan chiqish joyidan to «4R-6» avtomobil yo‘lining 87-kilometriga, ya’ni, Bo‘stonliq tumani «Yusufxona» aholi yashash joyiga qadar avtomobillarning harakatlanishi vaqtincha bir tomonlama tashkil etildi.
Ushbu holatda barcha haydovchilardan vaziyatni to‘g‘ri tushunib, o‘rnatilgan yo‘l belgilariga rioya qilishlarini, xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlarining ishora va ko‘rsatmalariga amal qilib harakatlanishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining Sirdaryo viloyati hududidan o‘tgan qismida bir tomonlama yo‘nalish ochildi

Bo‘stonliq tumanida ichki ishlar organlari xizmatlari kuchaytiriladi

«Bochka»ga eltuvchi yo‘lda 1436 nafar haydovchi fotoradarga tushdi

Chorbog‘dagi “Piramida”da skuterdan suvga tushib ketgan fuqaro qaytib chiqmadi

Chorvoq yonidagi yo‘lda yuz bergan ko‘chki 1 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Chimyon yo‘nalishining ayrim hududlarida avtomobil harakati vaqtincha to‘xtatildi