19:33 / 24.01.2021
1 075

O‘quvchilar qahva iste’mol qilishi mumkinmi?

O‘quvchilar qahva iste’mol qilishi mumkinmi?
Foto: «Ural-meridian.ru»
Qishda o‘quvchilar ertalab uyg‘onishga qiynalishadi. Ba’zi ota-onalar farzandlarini tezroq «uyg‘otish» hamda darslarda tetik o‘tirishlari uchun qahva damlab berishadi. Bu to‘g‘rimi?

«Qahvani maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarga berish mumkin emas, — deydi shifokor-terapevt Shahnoza YAHYOЕVA. — Sababi, ichimlik tarkibidagi moddalar go‘dakning asab tizimiga kuchli ta’sir ko‘rsatib, kichkintoy tanasi uchun zarur bo‘lgan mikroelementlarning o‘zlashtirilishiga to‘sqinlik qiladi. Yana yosh tananing aqliy hamda jismoniy o‘sish jarayonini izdan chiqaradi.

Qahva tarkibidagi kofein tana kalsiy moddasi kamayishiga olib keladi, ya’ni 1 stakani tanadan 40 mg kalsiy chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, u peshob haydash xususiyatiga ham ega. Demak, uni me’yordan ortiq qabul qilish tananing suvsizlanishiga olib keladi.

Odatda kattalar ham ertalabdan qahva ichib, tetiklashib olmoqchi bo‘lishadi. Ammo u och qoringa zarar! Chunki tarkibidagi xlorogen kislotasi oshqozonga tushgach, me’da shirasini ko‘paytiradi. Oshqozonda gastrit bo‘lsa, yara yuzaga kelishini tezlashtiradi. Qahvaning quvvat bag‘ishlash xususiyatini hisobga olib, uni ikkinchi tushlik paytida quruq mevalar va asal bilan ichgan ma’qul. Uxlashdan oldin qahva ichish tavsiya etilmaydi
».

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘quvchilar qahva iste’mol qilishi mumkinmi?