Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Holid Abdulaziz al Falih boshchiligidagi delegatsiya qator uchrashuvlarda qatnashdi. Saudiya delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston mehnat vaziri Nozim Husanov bilan ham bir qator masalalarda fikr almashdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistondagi Saudiya korxonalari qatnashadigan energetika loyihalarida mahalliy ishchilar ishtirok etishi kelishib olindi. Shuningdek, Saudiya Arabistoniga ishlagani bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga til va kasb o‘rgatish markazlari ochilishi muhokama qilindi.
Mehnat vaziri Nozim Xusanovning aytishicha, Saudiya ishtirokidagi loyihalar doirasida saudiyalik mutaxassislar O‘zbekistonga kelib, mahalliy xodimlarga ish o‘rgatishi ham nazarda tutilgan. Husanov ishchilarni Saudiyaga yuborishda asosiy muammo til ekanini aytib, bu borada tomonlar birgalikda ish olib borishini ma’lum qildi.
Oldinroq Rossiya kompaniyalari qurilish sohasiga ishchilar tanqisligi yuzaga kelgani sabab o‘zbekistonliklarni ishga chorlayotgani xabar qilingandi. Karantinda muhojirlarning ko‘pchiligi Rossiyani tark etishga majbur bo‘lgani sabab mamlakatda, ayniqsa, poytaxt Moskvada muhojir ishchilar tanqisligi yuzaga kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?