1 950
Toshkentda maktablardagi texnikalarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Toshkentdagi maktablarda o‘g‘irlik sodir etish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi, deb xabar beradi Tergov departamenti.
Ma’lum qilinishicha, 17 yanvar kuni Bektemir tumanida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining direktori Bektemir tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, maktab binosidagi o‘qituvchilar xonasida turgan 17 dona Jooyon rusumli kompyuter texnikalari va ularning ehtiyot qismlari noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlanganligini bildirgan.
Holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b,v,g» (o‘g‘rilik) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni psixotrop moddalar ta’sirida bo‘lgan 29 yoshli D.O., 20 yoshli N.A. va 26 yoshli B.T. sodir etganligi aniqlangan hamda ulardan kompyuter moslamalari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.
Olib borilgan dastlabki tergov davomida ushbu jinoiy guruh Toshkent shahrining boshqa tumanlarida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganligi aniqlangan.
Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyat ishida gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi