1 973
Bojxonachilar 2,5 kg zumrad toshni 500 ming dollarga sotayotgan jinoiy guruhni aniqladi
Davlat bojxona qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan 5 kishi Chilonzor tumanidagi xonadonlardan birida muqaddam Afg‘onistondan olib kelingan 2 kg 531 gr og‘irlikdagi zumrad toshlarni 500 ming dollarga, 8 gr og‘irlikdagi 1 dona qadimiy tilla tangani 10 ming dollarga sotayotgan paytda to‘xtatib qolindi.
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, bu holatda noqonuniy oldi-sotdidan to‘xtatib qolingan tilla tanga eramizning III asriga mansub bo‘lib, Kushon davlatida zarb qilingan.
Bu shaxslardan birining hamyonida 3 dona olmos toshlari borligi ham aniqlandi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu holatda olib qo‘yilgan qimmatbaho toshlar va qadimiy tilla tanganing umumiy qiymati jami 16 mlrd 818 mln so‘mni tashkil qiladi. Hozirda jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tezkor tadbirni Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi