O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati Andijon viloyatidagi sudlardan birining raisi ishdan olinishi borasida tarqalgan gap-so‘zlar qanchalik haqiqatga mos kelishi haqidagi «Daryo» so‘roviga javob berdi.
Mazkur so‘rovgv ko‘ra 2020 yilning noyabr oyida Andijon viloyatidagi shahar sudlaridan birining raisi ishdan olingani, bunga esa sudyaning axloqsiz xatti-harakati sabab bo‘lgani haqida ma’lumot kelib tushgan.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati rahbari Tursunali Akbarovning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, haqiqatan ham Andijon viloyatidagi shaharlardan birining sud raisi vazifasidan ozod etilgan.
«Bunga sobiq sud raisi sudyalik odob-axloqini buzgani sabab bo‘lgan. Biroq shaxsiy hayot daxlsizligi nuqtai nazaridan sobiq sudyaning ism-sharifi va ishxonasining aniq manzilini ochiqlash maqsadga muvofiq emas», – dedi Tursunali Akbarov.
Ma’lumot uchun, 2020 yilda jami 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilib, lavozimidan ozod qilingan. Bunga uchta holatda sudyaning boshqa ishga o‘tgani (ular orasida respublika rahbarlik idoralarida mas’ul vazifaga tayinlangani ham bor), beshta holatda esa sudya o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash haqida ariza yozgani sabab bo‘lgan.
Shuningdek, sudyalik qasamyodi va odob-axloq qoidalarini hamda odil sudlovni amalga oshirishda qonun talablarini qo‘pol ravishda buzgan 12 nafar sudya tizimdan chetlatilgan. Ulardan biri jinoiy javobgarlikka tortilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi