Bojxona organlari tomonidan giyohvand moddalarni respublikamiz hududiga jismoniy shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda olib kirilishiga qarshi kurashish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Do‘stlik chegara bojxona posti hamda Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi huquqbuzarlik o‘z vaqtida fosh etildi.
Qo‘shni mamlakat hududidan yurtimizga piyoda kirib kelgan fuqaro B.U.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi. Ushbu shaxs belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida uning egnidagi kiyimlari orasida og‘irligi 235,58 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi B.Uga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi