
Qashqadaryo viloyatida Damas haydovchisiga kuch ishlatgan transport boshqarmasi xodimi ishdan olindi. Bu haqda Transport boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda transport boshqarmasi xodimi va haydovchi muloqoti aks etgan video tarqalgan. Mazkur videoda transport boshqarmasi xodimining haydovchiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uning boshini qo‘li bilan egib, kuch ishlatganini ko‘rish mumkin.
«Voqea 2021 yil 30 yanvar kuni Yakkabog‘ tumanida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan boshqarma tomonidan o‘rganish tashkil etildi. Videolavhada aks etgan vaziyat o‘z xizmat vakolatlaridan chetga chiqish, deya baholandi. Xizmat vaqtida nojo‘ya xatti-harakatni amalga oshirgani uchun xodim B.M.ga keskin chora ko‘rildi, u boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i bilan egallab turgan vazifasidan ozod etildi», — deyiladi boshqarma axborot xizmati ma’lumotida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar