
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi Oltiariq tumanidan boshlandi. Davlatimiz tumanda tashkil etilgan yangi uzum bog‘ida viloyatning qishloq xo‘jaligi tarmoqlari salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada rejalashtirilgan istiqbolli rejalar bilan tanishdi.
Prezidentimiz shu yerda oltiariqlik mashhur fermer, O‘zbekiston Qahramoni Lolaxon Murotova bilan suhbatlashdi.
«Keyingi paytda biroz mazam bo‘lmay, bir muddat davolanishimga to‘g‘ri keldi. Prezidentimiz hamisha sog‘ligimdan xabar olib, yo‘qlab turdi. Poytaxtdagi eng nufuzli shifoxonada davolanishimga bosh-qosh bo‘ldi.
Bugungi yuzma-yuz suhbatimizda Shavkat Miromonovich juda ham kayfiyatimni ko‘tardi. Bu uchrashuvdan behad mamnun bo‘lib, hayotga, yashashga bo‘lgan ishtiyoqim yanada oshdi», deydi Lolaxon Murotova.
Botir Madiyorov
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar