
Bojxona organlari tomonidan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor tadbirlar muntazam ravishda olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Mirobod tumanidagi xonadonlarning biri o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, mazkur xonadonda tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 61 million so‘mlik 5140 quti tamaki mahsulotlari hamda 3312 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing