1 937
“Layk” vasvasasi: Sirdaryoda IIB xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit 8 sutkaga qamaldi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida ichki ishlar xodimi kiyimini kiyib raqs tushgan yigit va uni videotasvirga olgan voyaga yetmagan bolaga chora ko‘rildi.
Mirzaobod tumanining “Bog‘iston” mahallasida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida ishchi bo‘lib ishlab kelgan 25 yoshli Hasan Do‘stov ichki ishlar xodimlarining xizmat kiyimini kiyib jamoat joyida yurish-turish va odob axloq qoidasini buzgan. Tanishi voyaga yetmagan Diyorbek bilan nojo‘ya xatti-harakatlarni tasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan.
Ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlandi. Holat yuzasidan Hasan Do‘stovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 209-1-moddasi (xizmat kiyimini ruxsatsiz belgilanmagan tartibda kiyish) bilan ayblov e’lon qilindi.
Sudda yigitlarning xatti-harakatiga qonuniy baho berildi. Sud Hasan Do‘stovga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Uning sherigi Diyorbekning ishi Mirzaobod tumani hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
“Layk yig‘ish edi maqsadimiz, qilgan ishimdan pushaymonman”, – deydi Diyorbek. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!