11:48 / 08.02.2021
2 249

DXX davlat va xokimiyat idoralarida kuzatilgan qonun buzilishi bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi

DXX davlat va xokimiyat idoralarida kuzatilgan qonun buzilishi bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasining katta tergovchisi hamda vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i o‘zaro kelishgan holda jinoyat ishi doirasida Jinoyat Kodeksining 1412 va 182-moddalari bilan ayblanayotgan fuqaroga sud idoralaridagi mansabdor shaxslar orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishlarini aytib, uning opasidan 12 ming AQSH dollari talab qilishadi.

DXX xodimlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxslar so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyati Toshloq tumani bo‘limi davlat ijrochisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, ish yurituvidagi ijro ishi yuzasidan gidroponika texnologiyasi asosida issiqxona tashkil etgan fermer xo‘jaligining elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligi bo‘yicha ijro harakatlarini tugatib berishini aytib, evaziga 2 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi.

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani arxitektura bo‘limining sobiq xodimi mahalliy fuqaroga Sirdaryo tumani «Adolat» MFY hududidan 12 sotix yer maydonini ajratish to‘g‘risida tuman xokimi qarorining chiqarilishi uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishda va ushbu yer maydonida qurilishi rejalashtirilayotgan yordamchi xo‘jalik binosining eskiz loyihasi hujjatlarini tayyorlashda yordam berishini aytib, evaziga 1200 AQSH dollari so‘raydi.

Avvaliga u 200 AQSH dollari ekvivalenti hisobida 2 mln 100 ming so‘m oladi, keyinroq esa 900 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX va Departamentning viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida, u 900 AQSH dollarining ma’lum bir qismini Sirdaryo tuman qurilish bo‘limi boshlig‘iga berishini aytadi. Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu mansabdor shaxs qurilishi rejalashtirilayotgan yordamchi xo‘jalik binosining eskiz loyihasi hujjatlarini tasdiqlab berish hamda ushbu yerga egalik qilish huquqi bo‘yicha tuman xokimining qarori chiqarilishi uchun lozim bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 400 AQSH dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX davlat va xokimiyat idoralarida kuzatilgan qonun buzilishi bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi