00:02 / 09.02.2021
2 894

Buxoroda 2 nafar ayolga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda 2 nafar ayolga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirgan shaxs qo‘lga olindi
Buxoroda ikki ayolga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirgan 26 yoshli yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB mabuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan B.N. ismli shaxs (ism sharifi o‘zgartirilgan) 2016 yilning sentabr oyida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, OIV infeksiyasini yuqtirganlik uchun Jinoyat kodeksining 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilib, unga bir qator cheklovlar belgilab berilgan.

Shunga qaramay, 2018 yil noyabr oyidan 2020 yilning mart oyiga qadar Navoiy viloyati Uchquduq tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan P.P. (ism sharifi o‘zgartirilgan) bilan Buxoro shahrining turli joylarida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lib kelgan.

Bundan tashqari, 2020 yil 8 oktabrdan boshlab K.K. (ism sharifi o‘zgartirilgan) ismli ayol bilan shar’iy nikoh asosida birgalikda yashab, u bilan ham hech qanday himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lib kelib, ushbu ikkala ayollarga OIV kasalligini qasddan yuqtirgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan B.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi (bila turib boshqa shaxsni OIV/OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki unga OIV/OITSni yuqtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar! O‘zingiz va farzandlaringiz oila qurishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan, avval FHDYO organlarida nikohlari qayd etilmay turib, norasmiy shar’iy nikoh asosida yashashga aslo rozi bo‘lmang.Shunda o‘zingiz va farzandlaringizni OIV va boshqa yuqumli kasalliklarga chalinib qolishdan saqlab qolgan, bunday ayanchli holatlarning oldini olgan bo‘lasiz», — deyiladi Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, har bir shaxs OIV yuqqan yoki yuqmaganligini bilmoqchi bo‘lsa, viloyat OITSga qarshi kurash markazi va barcha tuman tibbiy muassasalari qoshidagi «Ishonch» hamda anonim xonalarga murojaat qilib, OIV infeksiyasi bo‘yicha barcha qiziqtirgan savollarga javob topish mumkinligi bildirilgan. «Shaxsni sir tutgan holda xizmat ko‘rsatiladi. Istasangiz, laboratoriya tekshiruvidan o‘tishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda O‘zbekistonda OIV bilan kasallangan 43,5 mingdan ortiq fuqaro ro‘yxatga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda 2 nafar ayolga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirgan shaxs qo‘lga olindi