
2021 yil 8 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda «Sirdaryoda qarg‘aydigan GAI xodimi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, video lavhada Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX xodimi I.Yakubov haydovchi bilan o‘zaro muloqot vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrda 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda Ichki ishlar vazirining me’yoriy buyrug‘i talablaridan chetga chiqqanligi holati aks etgan.
Mazkur video lavha yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar