11:30 / 09.02.2021
1 652

Samarqandda pirotexnika vositalari yo‘q qilindi

Samarqandda pirotexnika vositalari yo‘q qilindi
Qish faslining eng kutilgan bayrami bu - Yangi yil. Ushbu bayramda turli ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lishini oldini olish uchun har birimiz mas’ulmiz. Lekin ko‘pchilikni qiynayotgan muammo bor. Gap pirotexnika vositalari haqida ketmoqda. Yangi yil arafasida pirotexnika vositalarini nafaqat mamlakatimizga olib kirishga urinishlar ko‘payadi. Katta daromad ilinjida yurgan ba’zi nopok kimsalar hayot uchun xavfli bo‘lgan pirotexnika vositalarini maktab o‘quvchilariga pullamoqchi bo‘ladi. Bunday holatlarning oldini olish har bir fuqaroning burchi sanaladi.

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda musodara qilingan 202 milion 309 ming so‘mlik, jami 665 ming 651 dona dona pirotexnika vositalari yo‘q qilindi.

2010 yil 22 sentabrdagi «Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunda pirotexnika vositalarini olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish, ularning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi va ishlatilishining oldini olish, pirotexnika vositalarini qo‘llagan holda madaniy-tomosha tadbirlarini o‘tkazishda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, iste’molchilarning huquqlari himoyasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda mamlakatga olib kirish, sotish va foydalanish holatlari, afsuski, uchrab turibdi. Shu bois huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus guruhlar ishtirokida mamlakat hududida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazilgan va aniqlangan holatlar bo‘yicha jinoiy va ma’muriy jazolar belgilangan.

Tadbirda jinoiy va ma’muriy sudlar tomonidan chiqarilgan sud hujjatlariga asosan qonunbuzarlardan olib qo‘yilgan pirotexnika vositalari yo‘q qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda pirotexnika vositalari yo‘q qilindi