
Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 29.11.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan Oltiariq tumani, Jarqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi Q.Boboyevdan undiruvchi Sh.Boyigitova foydasiga bir nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun har oylik daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud.
Majburiy ijro byurosining Oltiariq tuman bo‘limi tashabbusi bilan qarzdor Q.Boboyevdan bayram kunlarida undiruvchi Sh.Boyigitova foydasiga 900 AQSH dollari va 1 mln. so‘m miqdorda aliment pullari oldindan undirib berildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, qarzdor Q.Boboyev yangi 2021 yil bo‘yicha aliment pullarini belgilangan miqdorlarda to‘lab borishini, ushbu pul mablag‘lari shunchaki farzandi uchun bayram sovg‘asi bo‘lishini ta’kidlagan. Endi buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar