Bugungi kunda pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda viloyatimizga olib kirish, sotish va foydalanish holatlari, afsuski, uchrab turibdi. Shu bois ichki ishlar, soliq idoralari, bojxona boshqarmasi va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus guruhlar ishtirokida viloyatimiz hududida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 10-fevral kuni sudning ijro varaqasiga asosan Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi tomonidan ana shunday tezkor tadbirlar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan musodara qilingan 29 ming 400 dona turli xildagi pirotexnika vositasi maxsus komissiya ishtirokida yo‘q qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mavjud qonunchilikka ko‘ra, 2009 yildan buyon pirotexnika vositalarini ishlab chiqarish, olib kirish, saqlash va foydalanish taqiqlangan. 2010 yil sentabridan esa bunday faoliyat uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etildi.
Ko‘ngilxushlik niqobi ostidagi pirotexnika buyumlarining farzandlarimiz qo‘liga tushib, ko‘ngilxiralik manbaiga aylanmasligini ta’minlash, yaqinlarimizning salomatligini xatar ostiga qo‘ymaslik uchun doimo hushyor bo‘laylik.
Alisher Xo‘jaqulov
MIB Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
MIB Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?