13:00 / 14.02.2021
1 531

Sirdaryoda iste’molga yaroqsiz deb topilgan 210 kg go‘sht mahsulotlari yo‘q qilindi

Sirdaryoda iste’molga yaroqsiz deb topilgan 210 kg go‘sht mahsulotlari yo‘q qilindi
Foto: Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati
Sirdaryo tumani hududida joylashgan «Sirdaryo» YPX maskanida to‘xtatilgan Isuzu ichida iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari borligi aniqlandi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, «Sirdaryo» YPX maskanidan harakatlanib o‘tayotgan Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi K.B. boshqaruvidagi Isuzu viloyat IIB YHXB hamda PPX va JTSB karantin guruhi xodimlari tomonidan to‘xtatilib, tekshirilgan. Tekshiruv davomida mashinada 210 kilogramm go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.

Ushbu go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqliligini tekshirish uchun viloyat XKT va OOXT Markazida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, mazkur go‘sht mahsulotlari insonlar iste’moli uchun yaroqsizligi aniqlanib, viloyat IIB PPX va JTSB Karantin guruhi xodimlari tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib tegishli tartibda yo‘q qilingan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasiga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda iste’molga yaroqsiz deb topilgan 210 kg go‘sht mahsulotlari yo‘q qilindi