Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining 2018 yil 28 maydagi buyrug‘i bilan I.Xolboyev 1 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment to‘lash majburiyati yuklatilgan edi.
Biroq, I.Xolboyev o‘ziga yuklatilgan majburiyatni tan olmay farzandi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida Majburiy ijro byurosi Sherobod tuman bo‘limi tomonidan qarzdor otaga nisbatan 2020 yil 14 fevral kuni qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning viloyat boshqarmasi qidiruv guruhi xodimlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan qarzdor ota topilib, 17 million 786 ming so‘m aliment pullarini to‘lamaganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga qonuniy xal qilishlik uchun taqdim qilindi.
JIB Sherobod tuman sudi binosida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi va aliment pullarini to‘lamasligini aytgan otaga nisbatan sud varori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.
Agarda ushbu qarzdor Ma’muriy qamoq jazosini o‘tab bo‘lgach ikki oy va undan ortiq muddatda aliment qarzdorligini to‘lashdan bosh tortsa jinoiy javobgarlik masalasi xal etilishi to‘g‘risida ogohlantirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi