19:40 / 16.02.2021
1 654

Bir yil aliment to‘lashdan qochib yurgan otaga chora ko‘rildi

Bir yil aliment to‘lashdan qochib yurgan otaga chora ko‘rildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining 2018 yil 28 maydagi buyrug‘i bilan I.Xolboyev 1 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment to‘lash majburiyati yuklatilgan edi.

Biroq, I.Xolboyev o‘ziga yuklatilgan majburiyatni tan olmay farzandi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida Majburiy ijro byurosi Sherobod tuman bo‘limi tomonidan qarzdor otaga nisbatan 2020 yil 14 fevral kuni qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning viloyat boshqarmasi qidiruv guruhi xodimlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan qarzdor ota topilib, 17 million 786 ming so‘m aliment pullarini to‘lamaganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga qonuniy xal qilishlik uchun taqdim qilindi.

JIB Sherobod tuman sudi binosida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi va aliment pullarini to‘lamasligini aytgan otaga nisbatan sud varori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Agarda ushbu qarzdor Ma’muriy qamoq jazosini o‘tab bo‘lgach ikki oy va undan ortiq muddatda aliment qarzdorligini to‘lashdan bosh tortsa jinoiy javobgarlik masalasi xal etilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir yil aliment to‘lashdan qochib yurgan otaga chora ko‘rildi