14:50 / 20.02.2021
1 990

Qashqadaryoda mast o‘g‘il ko‘chaga chiqishiga ruxsat bermagan otasini pichoqlab o‘ldirdi

Qashqadaryoda mast o‘g‘il ko‘chaga chiqishiga ruxsat bermagan otasini pichoqlab o‘ldirdi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida o‘g‘lining mast holda tanishidan ish haqini talab qilish uchun pichoq bilan uyidan chiqib ketishiga to‘sqinlik qilgan otaning o‘zi pichoqlandi. Bu haqda «Sevimli TV» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, o‘g‘il 2020 yil 3 noyabr kuni soat 18:00 larda ko‘chada spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda o‘z uyiga kelgan va fermer xo‘jaligida birga ishlagan tanishi bilan telefonda tortishib qolgan.

Sudlanuvchi qo‘liga pichoq olib, tashqariga chiqib ketayotganida uning 1955 yilda tug‘ilgan otasi o‘g‘lini to‘xtatib qolishga uringan. Biroq o‘g‘il otasiga yo‘lini to‘smasligini, ish haqini olib kelish uchun borayotganini aytganida ota unga mast holatga ko‘chaga chiqishiga ruxsat bermagan. Ota-bola o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida o‘g‘il pichoqni otaning chap ko‘krak sohasiga sanchib olib, uni qasddan o‘ldirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda mast o‘g‘il ko‘chaga chiqishiga ruxsat bermagan otasini pichoqlab o‘ldirdi