Sayyor qabulda murojaatlar o‘rganildi

1 daqiqa o'qish1.7K
Sayyor qabulda murojaatlar o‘rganildi
Xotin-qizlarni har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda ko‘maklashish tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 yanvarda “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2-sonli qarori qabul qilingan.

Davlat siyosati sohasida, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga moddiy va huquqiy yordam berish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada sudlar tomonidan ham xotin-qizlarga huquqiy yordam berish borasida sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Sayyor qabulda murojaatlar o‘rganildi
Ana shunday sayyor qabul 2021 yil 20 fevral kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi raisi A.Ibodov, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining raisi Sh.Xamidov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining sudyasi A.Baxronovlar tomonidan, tuman prokurori sektor rahbari M.Toshev bilan hamkorlikda tumandagi “Saroy” mahallasida o‘tkazildi.

Sayyor qabulda ishtirok etganlardan 12 nafar xotin-qizlarning murojaatlari o‘rganib chiqildi va ularga huquqiy tushuntirish berildi.

Shuningdek, sayyor qabuldan so‘ng fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 yanvardagi sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida, Fuqarolik protsessual, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risida, Iqtisodiy protsessual kodekslariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar hamda 2021 yil 18 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-675-sonli Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining devonxona mudiri
B.Farmonov
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?