09:44 / 22.02.2021
1 429

Fransiya Toshkentda suv ta’minoti tizimini yaxshilash uchun 145 mln yevro ajratadi

Fransiya Toshkentda suv ta’minoti tizimini yaxshilash uchun 145 mln yevro ajratadi
Fransiya hukumati Toshkent shahrining suv ta’minoti tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun 145 million yevro mablag‘ ajratishni ma’qulladi, deb xabar bermoqda Investitsiya va savdo vazirligi matbuot xizmati.

20 fevral kuni bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Fransiyaning SUEZ kompaniyasi katta ijrochi vitse-prezidenti Erik Gebali boshchiligidagi delegatsiyasi uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda Toshkent va Samarqand shaharlarida suv ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish yuzasidan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Muloqot chog‘ida Fransiya kompaniyasi rahbariyati Fransiya hukumati Toshkent shahrining suv ta’minoti tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun 145 million yevro mablag‘ ajratishni ma’qullaganini ma’lum qilgan. Shuningdek, uchrashuvda loyiha hujjatlarini tayyorlash va ularni hayotga tatbiq etilishini tezlashtirish bo‘yicha masalalar hamda navbatdagi tadbirlar muhokama qilingan.

Erik Gebali O‘zbekistonda bir qator ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish bo‘yicha rejalarini bayon etgan. Ulardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi umumta’lim maktablarini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi bo‘ladi. Loyihani ro‘yobga chiqarish kompaniya tomonidan grant asosida ajratilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

Fransiya tomoni shahar va qishloq joylardagi aholi punktlarining ichimlik suvi ta’minoti tizimini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini hayotga tatbiq etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirgan. Mazkur yordam vazifasi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalarini zudlik bilan hal qilishga qaratilgan samarali innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisoblangan texnik missiyalarni O‘zbekistonga yuborishdan iborat bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fransiya Toshkentda suv ta’minoti tizimini yaxshilash uchun 145 mln yevro ajratadi