12:23 / 22.02.2021
1 254

Quyi Chirchiqda bir kg.dan ortiq marixuana ashyoviy dalil sifatida olindi

Quyi Chirchiqda bir kg.dan ortiq marixuana ashyoviy dalil sifatida olindi
Foto: IIV matbuot xizmati
4 fevral kuni Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani hududida giyohvandlik moddalarining aylanmasiga qarshi tadbir o‘tkazildi. Unda 1977 yilda tug‘ilgan Dilmurod U.ning dala hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi.

Fuqaro xonadonida giyohvand vositalarni yog‘da qovurganligi, modda yuqi bo‘lgan idishlar borligi va quruq holatda og‘irligi 1 282 gramm (ekspertiza xulosasi) bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasi boriligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Quyi Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Dilmurod U. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Quyi Chirchiqda bir kg.dan ortiq marixuana ashyoviy dalil sifatida olindi