Majburiy ijro byurosi Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2010 yil 14 apreldagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor M.M.dan undiruvchi D.D. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy taminoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa turdagi barcha daromadlarning ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari davomida qarzdor U.A.ga O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 06 oktabr kunidagi 808-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablari tushuntirildi.
Qonun mazmun-mohiyatini tushunib yetgan qarzdor M.M. ijro hujjati bo‘yicha aliment undiruvchi D.D.ga farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar 47,1 mln. so‘m aliment pullarini qoplab berdi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor M.M.ga belgilangan barcha cheklovlar bekor qilinib, aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlari amalda tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi