22:15 / 24.02.2021
620

Tadbirkorlar foydasiga qarzdorliklar undirilmoqda

Tadbirkorlar foydasiga qarzdorliklar undirilmoqda
Majburiy ijro byurosi Qibray tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 05.01.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “O‘zbekgeofizika” AJdan undiruvchi “Uzkabel” AJ foydasiga jami 373 821 ming sum qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 08.02.2021 yil kelib tushgan edi.

Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Ijro hujjatini ijrosinin ta’minlash maqsadida, Qonunning 21,87-moddalariga asosan “O‘zbekgeofizika” AJning barcha hisob raqamlariga band solingan va inkasso topshiriknomasi xizmat ko‘rsatuvchi bankga yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, “O‘zbekgeofizika” AJning hisob raqamidan 373 821 ming sum pul mablag‘lari undirib olinib, “Uzkabel” AJning hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Shuningdek Majburiy ijro byurosi Qibray tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “MUSKADEL GALDIN” MCHJdan undiruvchi “BONU-GALDIN” MCHJ foydasiga jami 482 258 ming sum qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kuni kelib tushgan.

Qarzdor “MUSKADEL GALDIN” MCHJning barcha hisob raqamlariga Qounning 21,86-moddalariga asosan band solingan va inkasso topshiriknomasi xizmat ko‘rsatuvchi bankga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdorning hisob raqamidan 482.258 ming sum pul mablag‘lari 22.02.2021 yil kuni yechib olinib, undiruvchi “BONU-GALDIN” MCHJning hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi. Hozirda mazkur ijro hujjatlar tamomlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlar foydasiga qarzdorliklar undirilmoqda