
Foto: Instagram / @fara_alimov
Shoumen Farhod Alimov «Salom live» YouTube kanaliga intervyu berdi. Intervyuda u xonanda Rayhon bilan qanday tanishgani hamda undan avval uch marta muvaffaqiyatsiz turmush qurgani haqida so‘zlab berdi.
«22 yoshimda onam uylantirib qo‘ygandilar. O‘sha paytda rosa moda bo‘lgandi, ‘Yaxshi qiz ekan, shifokor ekan. Biz ham shifokormiz, shunga uylanasan’, degandilar. Uylanganman, ikki oyda ajrashib ketganmiz. Keyin ikkinchi marta uylanganman, 5 yil farzand bo‘lmagan, u bilan ham do‘stona ajrashib ketganmiz. Uchinchi marta uylanganimda uch farzandli bo‘ldim, onamga nabiralarini ko‘rish nasib qilmagan ekan. Katta qizim 14 ga to‘lyapti, o‘g‘lim 13, kichkina qizim 8 ga to‘ladi, Rayhonning o‘g‘ilchalari mayda 7 ga to‘ladi. Hozir besh farzandning ota-onasi bo‘lib yuribmiz», — deydi Farhod Alimov.
«Rayhon bilan tug‘ilgan kunida tanishganmiz. Rashid Xoliqov va yana bir necha san’atkorlarni taklif qilgan edi. O‘shanda Rayhon mashina olmoqchi bo‘lib yurgan ekan. Toyota Land Cruiser Prado avtomobilini Dubaydan olib kelishga yordamlashganman, shu bilan tanishib ketganmiz» — deydi shoumen xonanda bilan qanday tanishgani haqida.

Foto: Instagram / @fara_alimov

Foto: Instagram / @fara_alimov “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar